🎂Tort
Masalliqlar:
Keksi uchun:
1. 3 dona tuxum
2. 1.5 stakan shakar
3. 1 stakan sut (200ml)
4. Yarim stakan salat yog’i (semechka yog’i)
5. 1 paket vanilin 5gr
6. chaynaya soda 10 gr
7. 2.5 stakan un
8. 1 paket kakao 25gr,
Kremi uchun:
1. 5 stakan sut
2. 4 ovqat qoshig’i un , 2 qoshiq kraxmal
3. 2 paket vanilin
4. 3-4 qoshiq shakar
5. 1 paket "krem shanti”
Orasiga agar xohlasangiz banan, kivi, pista qo’yishingiz mumkin.
Tayyorlanishi:
1. Keks uchun tuxum va shakarni aralshtirib yaxshilib mikserda ko’pirtiring. Ketma ket sut, vanilin, yog’ni solib qorishtirishga davom eting. Un va soda soling yana qorishtiring. Eng ohirida kakaoni solib aralashtiring. Tayyor bo’lgan qorishmani dumaloq keks qolibiga solib, 180 C’ da isitilgan duxovkaga qo’yib pishiring.
2. Kremi uchun sut, vanilin va unni qozonga soling va o’rta olovda davomli aralshtirib pishiring. Krem tayyor bo’lgandan 5 daqiqa so’ngra esa krem shantini aralashtiring.
3. Keks pishib sovugandan keyin (30 daqiqa so’ngra) o’rtasidan 2 sm o’ying.
4. O’ygan joyingizdan chiqqan keks parchalarini qo’lingizda yaxshilab maydalang. Keksning o’rtasiga banan yoki shunga o’hshash meva yoki pista qo’yishga qaror bergan bo’lsangiz yonma yon tizing. Ustiga kremni to’king. KEyn ustiga uvog’ini seping.
5. Muzlatgichda 3-4 soat sovuting. (Kremi qotishi kerak chunki)
Yoqimli Ishtaxa
🎂🎂🎂 @Oshpaz_kelin 🎂🎂🎂